FOTOREPORTAJ
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy qism qo‘mondonligi, Denov tumani hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilgan “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘inining navbatdagi mavsumi o‘z faoliyatini boshladi.
[gallery-26147]
Tadbirning ochilish marosimida yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik, mas’uliyat, intizom, fidoyilik va jasorat kabi yuksak fazilatlarni shakllantirish va mustahkamlash zarurligi alohida ta’kidlandi. Ishtirokchilar harbiy qismda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerak, yoshlar uchun harbiy-amaliy mashg‘ulotlar, vatanparvarlik darslari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda psixologik tayyorgarlik mashg‘ulotlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Mazkur tashabbus yoshlarning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni Vatanga sadoqat, intizom va jasorat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA