Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubda jadidlarning hayoti, ijodi va jasorati sharaflanmoqda
14:18 / 2025-10-19

Surxondaryo viloyatida “Jadidlar izidan” ko‘rik-tanlovining tuman va shahar bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.

Angor tumanida o‘tkazilgan tanlovda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-8 sinf va 9-10 sinf o‘quvchilari uchta shart bo‘yicha jadid bobolarining hayoti va ijodiga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Yosh avlodning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ularni kitobxonlikka jalb etish, ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan tanlov o‘z davrida millatimizni uyg‘otib, taraqqiyot, ma’rifat va ma’naviy yuksaklikka chorlagan jadidchilik harakatini yanada chuqurroq o‘rganishga, ularning hayoti, merosi va jasoratidan ibrat olishga undamoqda.

Tanlov yakunida 6-7-8 sinf o‘quvchilari yo‘nalishi bo‘yicha 31-maktab o‘quvchisi Charos Bozorova, 9-10 sinf o‘quvchilari o‘rtasida 10-maktab o‘quvchisi Marjona Xo‘shboqova faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kirdi.  

G‘oliblar tadbirning viloyat bosqichiga yo‘llanma olib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri