FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyatida mudofaa vaziri kubogi uchun “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Unda viloyatning barcha tuman va shaharlaridan saralab olingan 10-11-sinflarda tahsil olayotgan “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolari ishtirok etdi.
Musobaqa davomida o‘quvchi-yoshlar “Bilimdonlar”, “Vatan madhi”, “Smart sardor”, “Turnikda tortilish”, “Press”, “AK-74 avtomatini yoyib-yig‘ish”, “Arqon tortish”, “Merganlar bellashuvi”, “Harbiylashtirilgan estafeta”, “Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish”, “Safda qo‘shiq aytish” kabi shartlarda jamoaviy birdamligi, diqqatni jamlay olishi va aniqlik qobiliyati, jismoniy tayyorgarligi hamda chidamliligini sinovdan o‘tkazdi.
Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, Denov tumanidagi 67-maktabning “Janub qalqonlari” birinchi, Termiz tumanidagi 12-maktabning “Janub sarhadlari” ikkinchi, Angor tumanidagi 32-maktabning “Qalqon” jamoalari uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.
[gallery-22816]
Murosasiz o‘tgan bahslar yakunida eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilar va jamoalar alohida e’tirof etildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA