O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati kengashi hamda qator tashkilotlar hamkorligida oliy ta’lim muassasalaridagi “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari o‘rtasida “Janub qalqonlari” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jismoniy va ruhiy tayyorgarlik darajasini oshirish, jamoaviy harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadiga qaratilgan. Unda viloyatdagi 6 ta oliy ta’lim muassasasidan jamoalar ishtirok etib, 5 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Ular harbiy intizom, jismoniy chidamlilik, chaqqonlik, hamjihatlik va sardorlik qobiliyatini sinovdan o‘tkazdi.
Har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuchini sarfladi. Musobaqa qizg‘in hamda murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Termiz davlat universiteti birinchi, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti ikkinchi, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
[gallery-22308]
G‘olib jamoalarga tashkilotchilar tomonidan diplom va pul mukofotlari topshirildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/4yYFWLJGkqM" title="“Janub qalqonlari” mahorat namoyish etdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat, video), O‘zA