English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Janub gavhari”da maroqli hordiq
10:25 / 2024-06-15

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyatining olis hududlaridan biri bo‘lgan Uzun tumanida joylashgan “Janub gavhari” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida joriy mavsumning ilk bosqichida 200 nafardan ortiq o‘g‘il-qiz hordiq chiqarmoqda. 

Bolalarning yozgi ta’tilni unutilmas taassurotlarga boy o‘tkazishi uchun ushbu maskanda barcha shart-sharoit yaratilgan. Belgilangan dastur asosida  turli tanlov va musobaqalar uyushtirish orqali ularning iste’dod va qobiliyatini namoyon etishiga imkoniyat yaratilmoqda. 

[gallery-17865]

Kuni kecha oromgohda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan vatanparvarlik mavzuida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida shaxmat-shashka, stol tennisi, voleybol, futbol, kamondan otish bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.  

Qizg‘in va murosasiz bahslar yakunida g‘olib bolalar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA