Janni Infantino: «Ispaniya — JCH-2026ning asosiy favoriti»
FIFA prezidenti Janni Infantino bo‘lajak 2026-yilgi jahon chempionati favoritlari haqida gapirdi.
FIFA prezidenti Janni Infantino bo‘lajak 2026-yilgi jahon chempionati favoritlari haqida gapirdi. U Ispaniya terma jamoasi g‘alaba uchun asosiy da’vogarlardan biri ekanligini ta’kidladi.
«Ispaniya — albatta, boshqalar qatorida asosiy favoritlardan biri. Biz Ispaniyaning kuchli tomonlarini yaxshi bilamiz. FIFA reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan jamoa jahon chempionati favoriti bo‘lishi shart», — dedi Infantino AS nashri bilan suhbatda.
2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha uchta mamlakatda: AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Turnirning final bosqichi qur’a natijalariga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasi «N» guruhidan joy oldi va u yerda Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni hamda Urugvay bilan kuch sinashadi.