Janluidji Donnarumma dunyodagi eng qimmat darvozabonga aylandi
Futbol bo‘yicha turli transfer narxlarini yoritib boruvchi “Transfermarkt” internet-portali dunyodagi eng qimmat o‘nta darvozabon ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatda yetakchi o‘rinni «Manchester Siti» va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluidji Donnarumma egalladi. Portal uning qiymatini 45 million yevroga baholadi.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni «Portu» darvozaboni Diogu Koshta va «Borussiya Dortmund» klubi posboni Gregor Kobel 40 million yevro qiymat bilan egalladi.
Eng qimmat darvozabonlar o‘ntaligi:
1. Janluidji Donnarumma — “Manchester Siti” (45 mln. yevro)
2. Diogu Koshta — “Portu” (40 mln. yevro)
3. Gregor Kobel — “Borussiya Dortmund” (40 mln. yevro)
4. Bart Verbryuggen — “Brayton” (35 mln. yevro)
5. Lyuka Shevale — “PSJ” (35 mln. yevro)
6. Mile Svilar — “Roma” (35 mln. yevro)
7. David Rayya — “Arsenal” (35 mln. yevro)
8. Joan Garsiya — “Barselona” (30 mln. yevro)
9. Gulelmo Vikario — “Tottenxem” (30 mln. yevro)
10. Anatoliy Trubin — “Benfika” (28 mln. yevro)
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA