Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jangovar shaylik sinovdan o‘tkazildi
16:36 / 2022-01-29

Qo‘shinlarda doimiy jangovar shaylikni ta’minlash eng ustuvor masalalardan biri. Bunda hamkor kuch tuzilmalari ishtirokida o‘tkaziladigan amaliy o‘quvlar muhim o‘rin tutadi.

Mudofaa vazirligining Farg‘ona shahrida joylashgan harbiy qism va hamkor kuch tuzilmalari ishtirokida o‘tkazilgan vzvod maxsus-taktik o‘quvida ham bo‘linmalarning jangovar shaylik darajasi yana bir bor sinovdan o‘tkazildi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Mazkur o‘quvlarning avvalgilaridan farqli jihati shundaki, erta tongdan berilgan o‘quv signaliga asosan harbiy qism shaxsiy tarkibi jangovar shay holatiga keltirildi. Harbiy shaharchalar va obektlar qo‘riqlovi kuchaytirildi. Zudlik bilan qurollanib, saf maydoniga yig‘ilgan harbiy xizmatchilarga yuqori qo‘mondonlik tomonidan qo‘yilgan vazifalar yetkazilgach, shaxsiy tarkib texnikalarga joylashib belgilangan hududlar tomon yo‘l oldi.  Bir vaqtning o‘zida hamkorlikdagi bo‘linmalarning kuch va vositalari ham yetib keldi.

O‘quv rejasiga ko‘ra, qo‘riqlanayotgan ob’ektga shartli dushman tomonidan hujum uyushtirildi. Yurt himoyachilari tomonidan yillar davomida to‘plangan malaka va tajriba o‘z so‘zini aytib, shartli dushman yakson qilindi.

Shuningdek, o‘quv davomida ob’ekt hududida yong‘in sodir bo‘lganida uni bartaraf etish, ishchi-xodimlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, yaralanganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish, jangovar harakatlar olib borilgan hududni ekspretiza qilish va kriminalistik tekshiruvdan o‘tkazish kabi vazifalar ham amalga oshirildi.

Ta’kidlash joizki, o‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti brigada bo‘ysunuvidagi harbiy qismlar shaxsiy tarkibining jangovar vaziyatlarda birgalikda to‘g‘ri harakatlana olish qobiliyatini oshirishda, yurt himoyachilarining jismoniy va ruhiy tayyorgarligini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

O‘zA