Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jangovar shaylik – g‘alaba garovi
11:13 / 2020-12-02

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti kursantlarining jangovar shaylik darajasi tekshirildi. Jarayonda bo‘lajak ofitserlarning hujjatlari, ularga biriktirilgan qurol-yarog‘ va harbiy aslaha-anjomlarining butligi, bilimi sinovdan o‘tkazildi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti ЎзАга xabar berdi.

Nazorat tekshiruvi Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari polkovnik Shokir Xayirov va harbiy institut yetakchilari tomonidan amalga oshirildi.

– Harbiy xizmatchi har qanday sharoit va vaziyatda ham jangovar shay, axloqiy-ruhiy holati joyida bo‘lishi zarur, – dedi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti kurs boshlig‘ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, kapitan Sherqo‘zi Hakimov. – Chunki doimiy jangovar shaylik g‘alabaning muhim asosidir.

Tekshiruv natijasiga ko‘ra kursantlarning shayligi yuqori baholandi.