Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jangovar sambo: O‘zbekistonlik sportchi o‘z vaznida dunyoning eng kuchlisi
23:02 / 2025-12-23

Xalqaro sambo assotsiatsiyasi (FIAS) sportchilarning 2024-2025 yillarda qayd etgan natijalaridan kelib chiqib, jangovar samboning 7 ta vazni bo‘yicha yangilangan reytingni e’lon qildi.

E’tiborli jihati, mazkur reytingda o‘zbekistonlik  8 nafar sambochining nomi keltirilgan bo‘lsa, terma jamoamiz a’zosi Sohibjon Hasanboyev -88 kg. vazn toifasida dunyoning eng kuchli sambochisi sifatida e’tirof etildi.

Shuningdek, jangovar sambo bo‘yicha xalqaro musobaqalarda munosib natijalarga erishib kelayotgan Lutfulla Saidmatov, Oybek Soliyev, Suhrob Ergashov, Ozodbek Murotov, Islom Nosirov, Beknazar To‘raqulov, Hakimjon Ismoilov o‘z vaznlarida dunyoning TOP-10 taligidan joy oldi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA