Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jangovar o‘qlar chegarada ushlab qolindi
22:33 / 2025-12-05

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan yuk poyezdi vagonlari tegishli tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Ko‘rik chog‘ida vagonlardan birining g‘ildiraklari orasidagi tirqish ichiga rangsiz polietilen paketga joylashtirilgan fuqarolik qurollari uchun mo‘ljallangan olti dona 12 kalibrli patron borligi aniqlanib, protsessual tarzda hujjatlashtirildi.

Mamlakatimizga jangovar o‘q-dorilarni noqonuniy olib kirish kontrabanda jinoyati hisoblanadi va bu harakat uchun jazo muqarrarligi belgilangan.

Ayni paytda holat yuzasidan bojxona organlari tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri