Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jang sanʼatining mazmun-mohiyatidan koʻzingizga yosh keladi (ONLAYN)
15:48 / 2020-01-06

Maxsus ajratilgan maydonda qoʻl jangi mashqlarini bajarayotgan yigitlar tomon yoʻl olgan Jamoliddin Qosimovni kuzatamiz.


Maxsus ajratilgan maydonda qoʻl jangi mashqlarini bajarayotgan yigitlar tomon yoʻl olgan Jamoliddin Qosimovni kuzatamiz.

Yigitlar uni kutib olishdi va tezlik bilan saf tortib mashgʻulotlarni boshlab yuborishdi. Biz esa hayron boʻldik. Qahramonimiz juda koʻp qirrali inson ekan-da, bir parashyutdan sakraydi, bu orada mergan-u, aloqachilarga saboq ham beradi. Endi jang sanʼatini bajarishda ham hamkasblariga namuna boʻlmoqda.

Bizga hamrohlik qilayotgan harbiy qism psixologi bu xayollarimizni oʻqib turgandek, bir xizmatchi qilgan ishni boshqalar ham qilishi, yaʼni bitta vazifani shaxsiy tarkibdagi har bir inson lavozimidan qatʼi nazar, aʼlo darajada bajar olishi kerakligini taʼkidladi.

Jangdagi kichik hiylalar, jang sanʼati texnikasi aks etgan harbiy mashgʻulotni kuzatayotib, koʻnglingiz faxrga toʻladi.

Qayd etish kerakki, yil davomida qoʻshinlarning oʻquv-moddiy bazasini, harbiy shaharcha va poligonlarning infratuzilmasini takomillashtirish, boʻlinmalarni yangi qurol-aslaha, harbiy texnika va boshqa zarur anjomlar bilan taʼminlash ishlari olib borildi.

Bunda qoʻshin turlarining hamkorligini tashkil etish, qoʻllanilish taktikasi va strategiyasining zamonaviy tajribasi chuqur oʻrganildi.

Bu jarayon hayotda jangovar sharoitlarga maksimal darajada yaqinlashtirilgan holda tashkil etilayotgan guruh, vzvod va batalyon taktik oʻquvlarida qurol-yarogʻ va harbiy texnikaning eng yangi namunalarini qoʻllash, shaxsiy tarkibning yashovchanligini oshirish, murakkab hududlarda topshiriqlarni minimal yoʻqotishlar bilan bajarish kabi mashqlarda oʻz aksini topdi.