Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamshid O‘rakov: Harakatlar strategiyasi bizda yangi tizim yaratdi (+video)
19:30 / 2022-12-02

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamkorligida viloyatlar rahbarlari bilan Harakatlar strategiyasi doirasida hududlarda amalga oshirilgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati bilan aholining keng qatlamini tanishtirib borishga qaratilgan suhbatlar tashkil etib kelinmoqda.

Navbatdagi ana shunday suhbat Samarqand viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Jamshid O‘rakov bilan bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida siz Harakatlar strategiyasi doirasida yaratilgan Samarqand viloyati tajribasi, Samarqand shahrini millionlik shaharga aylantirish rejasi, mahallabay ishlash tizimi borasida erishilgan yutuqlar, ayol hokimlar bilan ishlashdagi muvaffaqiyat va kamchiliklar, shuningdek Samarqandda qad rostlagan “Boqiy shahar” majmuasining bunyo etilishi tarixi bilan bog‘liq savollarga atroflicha javob olishingiz mumkin.

Mazkur suhbatni to‘liq holda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

<iframe width="640" height="470" src="https://www.youtube.com/embed/kFRNz98e04o" title="Jamshid O‘rakov: Harakatlar strategiyasi bizda yangi tizim yaratdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

 

O‘zA