Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamoliddin Muslimning “Javohir”i taqdim etildi
20:29 / 2024-01-19

FOTOREPORTAJ

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir Jamoliddin Muslimning “Javohir” nomli to‘plami taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda yozuvchi va shoirlar, adabiyot ixlosmandlari, yoshlar ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Xalq ta’limi a’lochisi, “Mashrab” mukofoti sovrindori, “Shuhrat” medali sohibi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Jamoliddin Muslim 1965 yil Namanganda tug‘ilgan. 1991 yilda Namangan Sanoat institutini tamomlagan. Shoirning “Ko‘kka o‘rlayotgan iztirob”, “Qalb istehkomi”, “Muhabbatli manzillar”, “Shaffof buloqlar”, “To‘kilmas yaproqlar” kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. 

Marosimda so‘z olganlar taqdimoti o‘tkazilayotgan “Javohir” to‘plami xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Shoirni yangi asar bilan qutladi. 

[gallery-15546]

Oybek PARDAEV (surat), O‘zA