Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamoatchilik nazoratini mensimaslik oqibati...
16:35 / 2021-05-10

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyat hududiy birlashmasi tomonidan joylarda kuzatuv monitoring ishlari olib borilmoqda.

 Xususan, Uychi tumanida olib borilayotgan kuzatuv jarayonida Tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli poliklinikasida olib borilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida tibbiyot xodimi O,N xonasini ko‘zdan kechirayotgan bir paytda u jamiyat mutaxassislarini har-xil so‘zlar bilan haqoratlagan.

 Fuqaro O.N.ga kuzatuv-o‘rganishlar yuzasidan tushuntirish telefon orqali aytilganida ham u jamiyat rahbariga nisbatan qo‘pol so‘zlarni ishlatgan. Shu sababli jamiyat tomonidan fuqaroga chora ko‘rilishi to‘g‘risida tegishli organ tashkilotlariga murojaat etildi.

Ushbu murojaat Uychi tuman sudi orqali ko‘rib chiqildi. Sud jarayonida barcha ma’lumotlar aniqlandi va fuqaroga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari qo‘llanilib bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari – 669.000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.