French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamoatchilik nazorati: qalbaki va sifatsiz dori vositalarining sotilishiga chek qo‘yadi
17:21 / 2025-02-05

Mamlakatimiz aholisini sifatli va arzon dori vositalari bilan ta’minlash o‘ta muhimdir. Shu maqsadda farmatsevtika va tibbiyot sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shunga qaramasdan hali hamon ayrim qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlar tomonidan sifatsiz dori vositalarini mamlakatimiz hududiga olib kirish va dorixonalarda sotish holatlari kuzatilmoqda.

Mana shunday muammolarning oldini olish va profilaktik-nazorat o‘tkazish maqsadida “Adolat” SDP G‘uzor tuman Kengashi deputatlari “Sifatsiz va qalbakilashtirilgan dori vositalariga qarshimiz!” loyihasi doirasida tumandagi dorixonalarda bo‘ldi.   

– Achinarli tomoni shundaki, dori vositalari sotilishida qat’iy nazorat o‘rnatilmagan, – deydi tuman kengashi deputati Rahmat Abdullayev. – Fuqarolarning e’tirozi bo‘yicha o‘rganganimizda, ko‘pgina dorixonalarda dori narx-navolari qat’iy summada belgilanib, bir xil narxda sotuvi tashkil etilmaganligi aniqlandi. Umuman olganda, noqonuniy dori vositalarining sotilishiga chek qo‘yish uchun avvalo dorixona xodimlarining faoliyatini tubdan o‘zgartirish kerak. Biz jamoatchilik nazorati tartibidagi o‘rganishlarimiz davomida noqonuniy dori vositalari sotuvini tashkil etgan dorixona hamda xodimga nisbatan  qonuniy chora ko‘rilishini tushuntirdik.    

Dori mutaxassis tavsiyasi asosida qabul qilinadigan mahsulot. Uning soxtasidan foydalanish esa bemorning sog‘lig‘iga va hayotiga xavf tug‘diradi. Bu iste’molchilarning halol ishlab chiqaruvchilarga va butun sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishga olib keladi.   

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri