Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi
16:40 / 2026-02-02

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olish va intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini ta’minlash maqsadida “Ellikqal’a dehqon bozori” masch’uliyati cheklangan jamiyatida tadbir tashkil qilindi.

Tuman adliya  bo‘limi bilan hamkorlikda  o‘tkazilgan tadbirda tadbirkorlarga ixtiro, foydali model va sanoat namunalari, tovar belgilari va geografik ko‘rsatkichlarni, savdo va xizmat ko‘rsatish belgisini (brend) ro‘yxatdan o‘tkazishning afzalliklari haqida huquqiy tushuntirish berildi. Mamlakatimizda kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olish bo‘yicha real mexanizmlarni nazarda tutuvchi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgani qayd etildi.

Mutaxassislar kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olish va intellektual mulk ob’ektlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasi uchun javobgarlik masalalari yuzasidan batafsil ma’lumot berishdi. Tadbirkorlarga kontrafakt mahsulotlar katalogi, buklet hamda flayerlar tarqatildi.

Iste’molchilar huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun jamoatchilikni keng jalb etish, ichki iste’mol bozorida sifati past, odamlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi tovarlar sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholining huquqiy va iste’mol madaniyatini oshirish dolzarb vazifa hisoblanadi. Zero kontrafakt mahsulotlar nafaqat haqiqiy ishlab chiqaruvchi, balki butun jamiyatga ham zarar yetkazishi mumkin.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri