French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamoatchilik nazorati – iste’molchilar huquqlarining ishonchli kafolati
16:14 / 2025-11-03

Qoraqalpog‘iston Respublikasida jamoatchilik nazorati tadbirlari izchil davom etmoqda.

Shahar va tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan o‘tkazilayotgan monitoring ishlari aholining huquq va manfaatlarini himoya qilishga, shuningdek ichki bozorda tartib-intizomni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Mazkur o‘rganishlarning asosiy maqsadi respublika ichki bozorini qalbakilashtirilgan, sifatsiz, yaroqlilik muddati o‘tgan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarning kirib kelishidan himoya qilishdir. Shu bilan birga, dori vositalarining chakana referent narxlaridan yuqori narxlarda sotilishining oldini olish, aholining hayoti, sog‘lig‘i va sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash hamda tibbiy xizmatlar sifatini oshirish ham nazoratning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Monitoring jarayonida dorixona xodimlariga iste’molchilarning huquqlari, ularni himoya qilish mexanizmlari hamda qonunchilikda belgilangan majburiyatlar haqida tushuntirishlar berilmoqda. Jamoatchilik nazorati orqali fuqarolarning sog‘lom turmush kechirish huquqi, xavfsiz va sifatli dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlari yanada mustahkamlanmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA