Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamoatchilik nazorati davlat tasarrufidagi tashkilotdan ustun keldi
09:54 / 2020-02-04

Jamiyat hayotidagi eng dolzarb, aholining muayyan qatlamini tashvishga solayotgan muammolarni hal etish uchun jamoatchilik nazorati muhim sanaladi.


Jamiyat hayotidagi eng dolzarb, aholining muayyan qatlamini tashvishga solayotgan muammolarni hal etish uchun jamoatchilik nazorati muhim sanaladi. 

Darhaqiqat, 2018 yil 13 aprel kuni “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi va albatta, nodavlat-notijorat tashkilotlarning zimmasiga ham ulkan mas’uliyat yuklandi. Sababi, jamoat tuzilmalari jamiyat hayotidagi muammolarning yechimini topishga bor kuch-g‘ayrati bilan harakat qilishni taqazo etadi.

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, O‘zbekiston iste’molchilari huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ham nodavlat-notijorat tashkilot sifatida o‘z faoliyatini yuritib, jamoatchilik nazorati orqali fuqarolar mushkulini oson qilib kelmoqda. 

2019 yil sarhisobi bo‘yicha federatsiyaga 10261 ta ariza kelib tushgan bo‘lsa, uning 9736 tasi ya’ni, 94,9 % ijobiy hal yetilishi natijasida iste’molchilar foydasiga ja’mi 10 174 967 565 (o‘n milliard bir yuz yetmish to‘rt million to‘qqiz yuz oltmish yetti ming besh yuz oltmish besh) so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi. 

Eslatib o‘tamiz, bu nodavlat-notijorat tashkilot ko‘rsatkichi. Endi esa xuddi shu funksiyada faoliyat yuritayotgan davlat tashkiloti ko‘rsatkichlariga e’tiboringizni qarating. 

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi ham o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. 

Agentlikka o‘tgan 135 kun davomida turli shikoyatlar bilan 1300 dan ortiq iste’molchi murojaat qilgan va 312 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berilgan. 

O‘zbekiston iste’molchilari huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga esa 135 kun davomida 5000dan ziyod murojaat kelib tushdi va 5 mlrd. 200 mln. so‘m iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berildi. 

Bu esa, jamoatchilik nazoratining nechog‘li ustun va aholi bilan yaqin ekanligidan dalolat.