Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamoatchilik muhokamasidan maqsad – jinoyatlarning oldini olish
11:33 / 2024-10-28

Jizzax shahrida Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosi doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Hukumatning ushbu qaroriga asosan sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va ularning sodir etilishiga imkon yaratib bergan shart-sharoitlarni jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish, bu boradagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar, muassasalarning o‘zaro hamkorligini ta’minlash maqsadida joylarga chiqqan holda “mahallabay” va “sohabay” tizimida muhokama qilish tartibi joriy etilgan.

Shunga muvofiq, Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov 1-sektorga qarashli mahalla fuqarolar yig‘inlarida sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan jamoatchilik muhokamasida ishtirok etdi.

Jumladan, 1-sektor hududidagi “Mirzo Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘inida sodir etilgan 5 ta, “Bunyodkor” MFY dagi 2 ta va “Ittifoq” MFYdagi 1 ta jinoyat jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.  

Sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, jinoyat omillarini bartaraf etish, ularning barvaqt oldini olish, mahallalarni xavfsiz hududga aylantirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.  

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),  

O‘zA muxbirlari