Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamoatchilik monitoringi o‘tkazilmoqda
12:07 / 2026-01-26

Orolbo‘yi shahar va tumanlardagi sog‘liqni saqlash tizimiga qarashli davlat tibbiyot muassasalari shifokorlari tomonidan bemorlarga yozib berilayotgan retseptlarning to‘g‘riligi tegishli buyruq asosida jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganilmoqda.

Hozirda “Elektron retsept” tizimi Toshkent shahri va tajriba-sinov bilan belgilangan 15 ta tumanda joriy etilgan. 2026 yil oxirigacha barcha tibbiyot muassasalari va dorixonalarni tizimga ulash rejalashtirilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan hamkorlikda ushbu tizim bugungi kunda qay darajada amalga oshirilayotgani yuzasidan o‘rganishlar olib bormoqda.

– Yangi tizimni joriy etishdan maqsad, davolash jarayonida noqonuniy retsept tayinlash holatlarini qisqartirishga, polipragmaziyani (ko‘p preparatlarni noto‘g‘ri qo‘llash) kamaytirishga, farmatsevtika bozorining shaffofligini oshirish va dorixonalar uchun teng sharoitlarni yaratishga yordam beradi, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi matbuot xizmati rahbari Yulduzxon Auyezbayeva. – Shuningdek, ushbu tizim orqali kontrabanda va noqonuniy farmatsevtika mahsulotlarini aniqlash mumkin bo‘ladi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri