Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
16:09 / 2021-06-22

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengash yig‘ilishi doirasida yoshlarga kasb-hunar va biznes bilan shug‘ullanish bo‘yicha "kouching" va motivatsion video materiallar hamda darsliklar tayyorlash maqsadida e’lon qilingan tanlovda ishtirok etish uchun nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan kelib tushgan 11 loyihani davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida moliyalashtirish yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.  

Jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan har bir loyiha birma-bir ko‘rib chiqilib, tegishli xulosalar berildi.  

Yig‘ilishda “O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi” NNTning “Yosh tadbirkor sim-sim” loyihasini davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida moliyalashtirish bo‘yicha qaror qabul qilindi.  

– Kengash tomonidan mazkur loyihalarni saralashda turli mezonlarga ahamiyat berildi, – dedi Yoshlar ishlari agentligining yoshlarga oid dastur va loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shohjahon Turgunbayev. – Xususan, “O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi” NNTning “Yosh tadbirkor sim-sim” loyihasi tasdiqlanishida talabgor tashkilotning tashkiliy faoliyati qonun hujjatlariga hamda tanlov maqsadlariga muvofiqligi, davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadlarga yo‘naltirilganligi, amalga oshirish mexanizmi hamda taqdim qilingan loyihaning samaradorligi, kutilayotgan natijalarning sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlari yuqoriligiga ahamiyat berildi. O‘ylaymizki, bu loyiha tadbirkorlik sohasida faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga sohaning ilg‘or mutaxassislari bo‘lib yetishishlarida ko‘makdosh bo‘ladi.  

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA