Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamoatchilik kengashi vakillari Jizzax gornizonida
07:57 / 2023-05-23

Markaziy harbiy okrugning Jizzax gornizonidagi harbiy qismda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston xalq shoiri, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Iqbol Mirzaliyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, kinorejissyor, jamoatchilik kengashi a’zosi Hilol Nasimov, viloyat hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i, jamoatchilik kengashi Jizzax viloyati mintaqaviy bo‘linmasi raisi, senator Nazira Muxtorova hamda gornizondagi harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar, mudofaa va harbiy sohada olib borilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, uy-joy va boshqa ta’minotlar bilan ta’minlash, yoshlarni Ona vatanga sadoqat bilan xizmat qilishi, uning taqdiri, ravnaqi uchun mas’uliyatini oshirish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakati bilan uzviy hamkorlikda bo‘lish, yoshlar ishtirokida ma’naviy va ma’rifiy, sport hamda kitobxonlik tadbirlarini harbiy qism va muassasalar bilan hamkorlikda doimiy ravishda ishlarni amalga oshirish lozimligi aytib o‘tildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati