French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamoatchilik kengashi: ustozlar tajribasi ta’lim sifatini oshirishga yordam beradi
15:12 / 2023-05-04

Mamlakatimizda ta’lim sohasini rivojlantirish, yosh avlodni bilimli, yuksak salohiyatli, biror kasb-hunar egasi qilib voyaga yetkazish, ularga munosib ta’lim va tarbiya berish masalalari Yangi O‘zbekistonning rivojlanishi yo‘lidagi eng muhim omillardan biriga aylandi.

Bu borada yurtimizda, xususan, Andijon viloyatida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi qoshida Jamoatchilik kengashi tuzilib, kengashning muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Rasuljon Karimov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda namunali faoliyat olib borayotgan malakali o‘qituvchilar, katta hayotiy va ish tajribasiga ega ustoz pedagoglar, turli sohalar vakillari ishtirok etdi. Unda viloyatda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil etilib, taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.  

[gallery-11722]

– Jamoatchilik kengashi tizimda amalga oshirilayotgan e’tiborga molik ilg‘or ish uslublarini ommalashtirish, targ‘ib etishda soha xodimlariga yaqindan yordam beradi, – deydi Shahrixon tumanidagi 53-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi direktori, O‘zbekiston Qahramoni Kamolliddin G‘opirov. – Ayniqsa, katta hayotiy va ish tajribasiga ega ustozlar tajribasidan foydalanish samarali natija beradi. Yig‘ilish davomida Jamoatchilik kengashi tomonidan amalga oshiriladigan muhim va birinchi galdagi vazifalar belgilab olindi. Kengash a’zolari Andijon shahridagi “Prezident maktabi”da o‘quvchi-yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonlari bilan tanishdi. Shuningdek, Andijon shahridagi 9-umumta’lim maktabida bo‘lib, maktab jamoasi bilan ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha muloqot o‘tkazdi.  

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (surat), O‘zA