Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamoatchilik kengashi: energetika sohasida taklif va tavsiyalar ijrosi qanday nazorat qilinmoqda?
18:11 / 2026-01-29

Yoqilg‘i-energetika sohasida ochiqlik, jamoatchilik nazorati va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini ta’minlash masalalari doimiy e’tibor markazida turibdi.

Ayniqsa, qish mavsumida aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga yechim topishda jamoatchilik kengashlarining o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu munosabat bilan bugun Energetika vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda yoqilg‘i-energetika tizimida 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, 2026 yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar muhokama etildi. Xususan, qish mavsumida aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror va uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil fikr almashildi.

[gallery-27369]

Muhokamalar jarayonida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, Call-markazlar faoliyati samaradorligini oshirish, sohada mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. Jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan aholi manfaatlarini inobatga olgan holda bir qator amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Yig‘ilish yakunida tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqilib, Dilshod Ashurov ovoz berish yo‘li bilan Jamoatchilik kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi. U o‘z nutqida jamoatchilik kengashi faoliyatini yanada faollashtirish, sohada ochiqlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish muhimligini ta’kidladi.

–Yoqilg‘i-energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligi, avvalo, jamoatchilik bilan ochiq va samarali muloqotga bog‘liq. Fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida javob berish, joylardagi muammolarni o‘rganish va ularga aniq yechimlar ishlab chiqish Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek,  kelgusida kengashning yig‘ilishlarini muntazam o‘tkazib borish, joylardagi energetika ob’ektlarida o‘rganish va monitoring ishlarini tashkil etish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash ustuvor yo‘nalishlardan biri aylanmoqda, –dedi  D.Ashurov.

Yig‘ilishda 2026 yil uchun Jamoatchilik kengashining ish rejasi tasdiqlanib, unga muvofiq faoliyatni tizimli ravishda tashkil etish belgilandi. Fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha taklif ham ilgari surildi.

Yig‘ilish yakunida bildirilgan taklif va mulohazalarni belgilangan tartibda inobatga olish hamda ularning ijrosini ta’minlash zarurligi alohida ta’kidlandi.  

Nasiba Ziyodullayeva,  

Nosirjon Haydarov (surat),  O‘zA