Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamoatchilik bizdan ulkan islohotlarni kutmoqda
11:59 / 2020-01-26

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga tarixiy Murojaatnomasini biz – Sirdaryo viloyati bojxonachilari ham juda katta eʼtibor va diqqat bilan tingladik.

26-yanvar – Bojxona xodimlari kuni

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga tarixiy Murojaatnomasini biz – Sirdaryo viloyati bojxonachilari ham juda katta eʼtibor va diqqat bilan tingladik.

Bugun dunyoda kechayotgan globallashuv va iqtisodiy – siyosiy integratsiyalashuv jarayonlari mamlakat xalqaro munosabatlarni va tashqi iqtisodiy faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, barcha tizimlar, jumladan bojxona sohasida ham ulkan islohotlarni amalga oshirish vazifasi zimmamizga yuklandi.

Darhaqiqat, davr bizdan davlat bojxona xizmati organlarida ham paysalga solmay tub burilishlarni, yangilanishlarni, ilm, maʼrifatni, raqamli iqtisodiyotni, tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes muhitni yanada yaxshilash yoʻlida shiddatli islohotlarni amalga oshirishni talab etadi.

Bu islohotlarda davlat bojxona xizmati organlarining ishtiroki davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, jamoatchilik koʻrib, kuzatib boradi.

Keyingi 3 yilda sohada bir qator aniq amaliy ishlarga qoʻl urildi. Bojxonachilar bugun tadbirkorlarning hamkori, yordamchisi sifatida yangicha qiyofada namoyon boʻlmoqda.

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida ham oʻz kasbini sevadigan, fidoiy va jonkuyar xodimlar xizmat qilib kelmoqda. Boshqarmaning bojxona xizmati podpolkovnigi Tohir Dehqonov boshchiligidagi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi xodimlari tomonidan 2019-yil davomida jami 83-marta bojxona qonunbuzilish holatlari aniqlanib, umumiy qiymati 2 milliard 229 million 600 ming soʻmlik tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida ushlab qolingan. Shulardan, 625 million 700 ming soʻmlik 244 ming 46 dona pirotexnika vositalari, 221 million 600 ming soʻmlik tibbiyot dori vositalari, giyohvandlik moddasi va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanuvi boʻyicha jami 6 ta holatda 70 tup nasha, 2 ming 201 gramm “marixuanna”, 1,6 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi hamda 11 dona psixotrop tabletka ashyoviy dalil sifatida olinib, qurol-aslaha va oʻq-dorilarning noqonuniy aylanuvi bilan bogʻliq 3 dona ov quroli, 1 dona pnevmatik qurol, 22 dona gilzalar, 21 dona kapsula, 39 dona patronlar va 6 ming 633 dona pistonlar ashyoviy dalil tariqasida ushlab qolingan.

Bojxona xizmati mayori Akbar Ahmedov boshchiligidagi Bojxona nazoratini tashkil etish boʻlimi yoʻnalishida ham 2019-yil davomida ijobiy natijalarga erishildi. Jumladan, “Avto” avtomatlashtirilgan axborot dasturida 28 ming 533 ta va “Temir yoʻl” avtomatlashtirilgan axborot tizimi dasturida 1 ming 556 ta Yukni yetkazib berish kitobchasini nazorat qilish jurnallari, 1 ming 280 ta Bojxona kuzatuvi dalolatnomalari va avtotransport vositalari uchun 26 ming 976 ta majburiyatnomalar rasmiylashtirilib, 4 ming 275 ta transport vositalari uchun 467 million 300 ming soʻm yigʻimlar undirilgan holda, bojxona kuzatuvi amalga oshirildi.

Bojxona organlarining asosiy vazifalaridan biri boʻlgan, bojxona toʻlovlarini undirilishi boʻyicha belgilangan istiqbolli rejalarni bajarilishida bojxona xizmati mayori Bekzod Tursunmatov boshchiligidagi Bojxona toʻlovlari boʻlimi xodimlari va “Guliston”, “Sayxun” va “Xovos” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari xodimlari tomonidan 2019-yilga belgilangan istiqbol reja koʻrsatkichlarini bajarish boʻyicha ijobiy yutuqlarga erishildi.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga byudjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan DBQ tomonidan 2019-yil uchun belgilangan bojxona toʻlovlarining tushumi boʻyicha 90 milliard 200 million soʻm istiqbol reja 107 milliard 900 million soʻmga yoki 119,6 foizga bajarildi.

Hozirgi kunda har jabhada erkaklar bilan yonma-yon turib, el-yurt koriga yarab, chegaralarimizda astoydil xizmat qilayotgan ayollar koʻpchilikni tashkil etadi.

2019-yil davomida ayollarimiz tomonidan umumiy qiymati 138 million 700 ming soʻmlik 71-marta bojxona qonunchiligining buzilish holatlari aniqlangan.

Shu bilan birga “Sirdaryo” chegara bojxona posti inspektori, bojxona xizmati leytenanti Asliddin Mustafayev tomonidan 2019-yilning oktyabr oyida Oʻzbekistondan Rossiya Federatsiyasiga harakatlanayotgan fuqaro R.U. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtoulovini bojxona koʻrigidan oʻtkazish natijasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan va tegishli hujjatlari boʻlmagan jami 47 ta buyumlar, yaʼni 45 dona chinni haykalchalar, koʻzalar va vazalar, 1 dona xoch va 1 dona ikona borligini aniqladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga qarashli Badiiy ekspertiza boshqarmasining oʻrganishlari natijasida ushlab qolingan buyumlarning umumiy qiymati 2 milliard 200 million soʻmni tashkil etishi, 47 dona chinni haykalchalar, koʻzalar, vazalar, xoch va ikonalar XVII, XVIII, XIX va XX asrning boshlarida Xitoy, Germaniya, Chexiya va Ukraina davlatlarida ishlab chiqarilganligi va ushbu buyumlar Oʻzbekiston Respublikasining “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi Qonuning 8-moddasiga asosan olib chiqilishi mumkin emasligi aniqlandi.

Ushbu fidoiy, jonkuyar va vatanparvar xodimlarimiz qatorida barcha bojxonachilarni — 26-yanvar Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan tabriklaymiz, qutlugʻ bayram bilan jamoamiz nomidan samimiy muborakbod etib, ularga sogʻlik-omonlik, bardamlik, oilaviy xotirjamlik, ezgu niyat bilan amalga oshirayotgan ishlarida ulkan yutuqlar tilab qolamiz.

Shuhrat XAYRULLAYEV,
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi
boshligʻi, bojxona xizmati polkovnigi