Jamoat xavfsizligini ta’minlash — davlat va jamiyat barqarorligining asosi, fuqarolarning tinch hayoti va huquqlarini himoya qilishning eng muhim vazifasidir. Bu jarayon huquqbuzarliklarning oldini olish, ob’ektlarni qo‘riqlash, jamoat tartibini saqlash hamda xavfsizlik tizimini doimiy takomillashtirish chora-tadbirlarini o‘z ichiga oladi.
Xabaringiz bor davlatimiz rahbari tomonidan Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Ayni paytda mazkur topshiriqlar tumanlar kesimida manzilli ravishda amalga oshirilmoqda.
Yuunsobod tumanida aholining huquqiy ongini oshirish, oilalardagi muammolarni barvaqt aniqlash, xotin-qizlarga manzilli yordam ko‘rsatish hamda sayyor tibbiy ko‘riklar o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, “Bog‘ishamol” mahallasida olib borilgan ishlar natijasida mahalla qisqa fursatda “qizil” toifadan “sariq” toifaga o‘tkazildi.
Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va salbiy holatlarning oldini olish ustuvor vazifa etib belgilanib, “Yoshlar giyohvandlikka qarshi — Forum–2026”, “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” kabi 50 dan ortiq ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazildi. Ularda 10 mingga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Shu bilan birga, og‘ir toifadagi yoshlar bilan ishlash masalalari ham izchil davom etmoqda.
Albatta ushbu chora-tadbirlar Yunusobod tumanini jinoyatchilikdan xoli hududga aylanishiga xizmat qiladi. Zero, Jamoat xavfsizligi — davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, barqaror rivojlanish va ijtimoiy osoyishtalikning kafolatidir.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/dFLiH9lmXlg" title="Jamoat xavfsizligini ta’minlash muhim vazifa " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov (video), O‘zA