French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamoat xavfsizligi – ishonchli qo‘llarda
15:13 / 2022-09-24

Fotoreportaj

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 29 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda eng muhim hujjat sifatida bugun amaliyotda o‘z mevasini bermoqda.

Jamoat xavfsizligi konsepsiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib Farg‘ona viloyatida ham huquq-tartibotni mustahkamlash borasida yangi tizim amaliyotga joriy etildi.

[gallery-8903]

Birinchi galda, PPX saf bo‘linmalari hamda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan kunduzgi hamda tungi vaqtlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda aholi osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha harakat dasturi ishlab chiqilib, Farg‘ona tajribasini yaratishga kirishildi. Harakat dasturiga asosan PPX va Milliy gvardiya yo‘nalishlarining joylashuv rejalari ishlab chiqildi va  ularning javobgarlik hududlari belgilab olindi.

Ayni paytda jamoat xavfsizligini ta’minlashda Farg‘ona viloyati IIB JXX JTSB patrul post xizmati xodimlari tunni tongga ulab, xushyor xizmat olib bormoqda.

Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi vodiy gavhari atalmish Farg‘onada amaliyotga izchillik bilan joriy etilmoqda. Bu esa fuqarolarning xotirjam hayot kechirishini ta’minlab, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga, kriminogen vaziyatni yaxshilashga xizmat qilayotir.



Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA