Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamoat transportidan kimlar bepul foydalana oladi?
15:11 / 2025-03-03

Huquqiy munosabat

Ma’lumki, O‘zbekistonning barcha shaharlarida ayrim toifadagi fuqarolarga yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishi uchun imtiyozlari berilgan.  

Xo‘sh, bu imtiyozlar kimlar uchun? Uni qayerdan, qanday tartibda olish mumkin? Imtiyozli kartadan kimlar foydalana oladi?

Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Imomali Tuyev bu borada quyidagi huquqiy tushunchalarni berdi:  

–O‘zbekiston Respublikasining “Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari)bepul foydalanish huquqi faqat 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo‘lmish harbiy xizmatchilar, 1941-1945 yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxslarga beriladi. 

Shuningdek, 1941-1945 yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar, Afg‘oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan bo‘lmish fuqarolar, haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar ushbu imtiyozdan foydalanishi mumkin.  

Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar, yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar ham yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishlari mumkin.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA