English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamoat transporti uchun ajratilgan yo‘laklarda boshqa transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi (+video)
22:34 / 2024-10-15

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Yo‘l harakati qoidalariga ayrim o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Xususan:

—jamoat transporti uchun ajratilgan alohida yo‘laklarda faqat jamoat transporti vositalari harakatlanishi mumkin va boshqa transport vositalari ushbu yo‘lakda harakatlanishi taqiqlanadi. Bundan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari mustasno;

—alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘lda harakatlanishi taqiqlangan transport vositalari ushbu yo‘ldan faqat yondosh hududga kirish yoki chiqish maqsadida foydalanishi mumkin;

—bunda ular yondosh hududning kirish yoki chiqish joyidan 50 metr masofada uzuq-uzuq chiziqli joygacha yoxud yaqin masofadagi uzuq-uzuq chiziqli joygacha harakatlanishi mumkin; 

—transport vositasi mazkur yo‘lakda harakatlanib kelayotgan yo‘nalishli transport vositasi harakatiga to‘sqinlik qilmasligi va unga yo‘l bergandan so‘ng yondosh hududga kirishi yoki chiqishiga ruxsat etiladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/QVpLUVEHYag" title="Aftobuslar uchun ajratilgan yo‘laklarda boshqa transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nozimbek Mardonov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA