Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamoat transporti orqali jami 32,3 milliondan ziyod tranzaksiya amalga oshirilgan
13:58 / 2024-05-14

Jamoat transporti – odamlarning uzog‘ini yaqin qiladigan, aholi kayfiyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadigan vosita. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda shahar jamoat transportini isloh qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri brutto-shartnoma tizimiga bosqichma-bosqich o‘tishdir.

"Toshshahartransxizmat" AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha,  joriy yil aprel oyiga qadar jamoat transporti orqali jami 32,3 milliondan ziyod tranzaksiya amalga oshirilgan.  

Transport kartalari orqali jami 13,8 million tranzaksiya (shundan 5,7 millioni tarif kartalari orqali) amalga oshirilgan. Bank kartalari orqali to‘lovlar 76,2 foizga o‘sdi va 11,4 million tranzaksiyani tashkil etdi. QR chiptalaridan metroda 6,3 million martadan ortiq foydalanilgan. Avtobuslarda QR-to‘lovlar yordamida 371 ming, metroda mobil QR yordamida jami 222 ming tranzaksiya amalga oshirilgan. 

Yo‘lovchilarning virtual kartalar yordamida amalga oshirgan tranzaksiyalari soni jami 142 mingtani tashkil etdi.  

Respublika hududlari bo‘yicha avtobuslarda Samarqandda – 381 ming 705, Urganchda – 200 ming 526, Qarshida – 121 ming 703, Andijonda – 43 ming 494, Qo‘qonda – 13 ming 328, Zarafshonda – 1 ming 978, Yangiyo‘lda – 2 ming 206, Nukusda - 1 ming 335, Buxoroda – 341 va Namanganda – 126 tranzaksiyalar amalga oshirildi.  

 

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA