Transport vazirligida sohada ijro intizomini mustahkamlash, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari, hududiy transport boshqarmalari mas’ullari ishtirok etgan yig‘ilishda dastlab, davlatimiz rahbarining hududlarga tashrifi chog‘ida Transport vazirligiga yuklatilgan topshiriqlar ijrosi to‘g‘risida hisobot tinglandi. Hududlarda jamoat transportini yanada rivojlantirish borasida vazirlikning departament va boshqarmalari hamda tizim tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalar bo‘yicha mas’ullar axborot berdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan nazoratga olingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda boshqa hujjatlardagi bajarish muddatlari yaqinlashayotgan topshiriqlarni kechiktirmasdan ijrosini ta’minlash yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
G. Nusratova, O‘zJOKU talabasi