Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsiligini ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid 5 ta nizom tasdiqlandi
11:46 / 2025-12-03

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsiligini ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi Hukumat qarorlarini tizimlashtirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq: 

Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom; 

“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom; 

Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ va muassasalarning mansabdor shaxslari tomonidan rasmiy ogohlantirishni chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom; 

Ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlarida alkotester yordamida shaxslarning alkogolli ichimlik iste’mol qilganligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom; 

Alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarning shaxsini elektron texnik vositalar, shu jumladan, planshet orqali aniqlash, shuningdek, patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlarining fuqarolar bilan o‘zaro muloqotini qayd etib borish tartibini belgilaydi. Xodimlar tomonidan jamoat joylarida fuqarolar shaxsini elektron texnik vositalar, shu jumladan, planshetlar orqali aniqlash O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, ushbu Nizom hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 

“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishda mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim va soliq inspektori, shuningdek, boshqa davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi. 

Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ va muassasalarning mansabdor shaxslari tomonidan rasmiy ogohlantirishni chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ va muassasalarning mansabdor shaxslari tomonidan rasmiy ogohlantirishni chiqarish tartibini belgilaydi. Ushbu Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlarida alkotester yordamida shaxslarning alkogolli ichimlik iste’mol qilganligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ichki ishlar organlari xodimlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari harbiy xizmatchilari va (yoki) xodimlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etganlik holatini, shuningdek, probatsiya nazoratidagi shaxs tomonidan alkogolli ichimliklarni iste’mol qilish yuzasidan sud belgilagan taqiqqa (cheklovga) rioya etilishini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlariga olib kelingan shaxslarning alkotester yordamida alkogolli ichimlik iste’mol qilganligini aniqlash tartibini belgilaydi. 

Alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lib, mustaqil harakatlanish qobiliyatini yo‘qotgan yoki qayerdaligini aniq anglab yetmaydigan shaxslarni (alkogol va boshqa psixoaktiv moddalardan og‘ir zaharlanish (hushsiz, koma) holatlari bundan mustasno) ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga yetkazish va ularga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

O‘zA