English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamoat tartibini saqlash dolzarb vazifa
16:55 / 2025-08-25

Respublikamiz hududida jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida ichki ishlar organlari tomonidan tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, joriy yil 15 iyuldan 15 avgustga qadar Toshkent viloyati hududida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” shiori ostida keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarning ikkinchi bosqichi o‘tkazildi. Ular doirasida kriminogen vaziyatga ta’sir ko‘rsatuvchi shaxslarni aniqlash, ularning faoliyatiga chek qo‘yish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi osoyishtaligini ta’minlash, giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi vositalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish, umuman jinoyatchilikning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. 

Natijada giyohvandlik moddalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq 298 ta holat aniqlandi. Tadbirlar davomida 46,6 kilogramm giyohvandlik vositasi hamda 40 ming 271 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi muomaladan olindi. Narkotik moddalarni targ‘ib qiluvchi mingdan ortiq chizilgan graffiti yozuvi aniqlanib, o‘chirildi. 

Shuningdek, kuchli ta’sir qiluvchi dori va sintetik giyohvandlik vositalari “zakladka”si bilan shug‘ullangan 28 nafar shaxs ushlandi. Shu bilan birga, 14 dona o‘q otar, 25 dona pnevmatik qurol va 63 dona o‘q-dorilar daliliy ashyo sifatida musodara qilindi. Mahallalardagi o‘g‘irlik jinoyatining oldini olish maqsadida xonadonlar, avtoturargohlar va jamoat joylariga kuzatuv kameralari o‘rnatildi. 

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan profilaktik chora-tadbirlar natijasida 64 mingdan ziyod qoidabuzarlik holati qayd etildi. Shundan 27 mingdan ortig‘i qo‘pol turdagi qoidabuzarlik bo‘lib, 672 ta holatda haydovchilar mast holda transport vositasini boshqargani, 4 mingta holatda esa haydovchilar tegishli hujjatsiz transport vositasini boshqargani aniqlandi. 

Qo‘riqlash xizmati bo‘yicha 3 ming 907 ta ob’ekt, 5 ming 508 ta xonadon va 952 ta ijtimoiy muassasa texnik qo‘riqlovga olindi. Shuningdek, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 117 nafar qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olinib, 67 nafar bedarak yo‘qolgan fuqaro topildi va oilalariga qaytarildi. 

Jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi profilaktik va tezkor tadbirlar izchil davom etmoqda. 

A.Musayev, O‘zA.