Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamoat joylarida elektron identifikatsiya qilish orqali fuqarolar shaxsi aniqlanadi
16:28 / 2025-12-02

Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikatsiya qilish tartibiga oid nizom tasdiqlandi.

Nizom ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarning shaxsini elektron texnik vositalar, shu jumladan, planshet orqali aniqlash tartibini belgilaydi.

Xodimlar quyidagi hollarda fuqarolarni to‘xtatishi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yoki “E-patrul” tizimi orqali ularning shaxsini aniqlashi mumkin:

-Shaxs jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan yoxud qidiruvda deb gumon qilish uchun asoslar mavjud bo‘lganda;

-Shaxsni sodir etilgan jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik haqida ma’lumotga ega deb hisoblash mumkin bo‘lganda;

-Qonunga muvofiq shaxsni ushlab turish uchun boshqa qonuniy asoslar mavjud bo‘lganda.

Xodim shaxsga uni to‘xtatganlik hamda undan shaxsini aniqlash talab etilayotgani sabablari va asoslarini tushuntirib berishi shart.

Fuqarolarning shaxsiga doir ma’lumotlari planshet orqali “E-patrul” tizimiga to‘g‘ri kiritilishiga patrul-post xizmati xodimi mas’ul hisoblanadi.

Xodim “E-patrul” tizimidagi shaxsga doir ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etilmasligi hamda ushbu ma’lumotlardan g‘arazli maqsadlarda foydalanilmaslik uchun javobgar.

N.Abduraimova, O‘zA