Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamoat fondi ko‘magida ishlab chiqarish sexi, kutubxona, madaniy markaz quriladi
16:37 / 2023-05-25

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika ishchi guruhi a’zolari, komissiya a’zolari nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Yig‘ilishni Ijtimoiy sheriklik komissiyasining raisi Abira Huseynova boshqardi. Respublika ishchi guruhi tomonidan 2022 yil davomidagi XDVK huzuridagi  Ijtimoiy  sheriklik komissiyasi va viloyat jamoat fondi faoliyatini o‘rganishlar natijalari to‘g‘risidagi masala muhokama etildi.  

Ta’kidlanishicha, viloyatda 584 ta nodavlat notijorat tashkilotlari mavjud bo‘lib, shundan 384 tasi davlat ro‘yxatidan o‘tgan  va 200 tasi hisob ro‘yxatiga olingan.

O‘zbekiston Respublikasinig 2014 yil 25 sentyabrdagi  “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida” gi qonuniga asosan Nodavlat notijorat tashkilotlari manfaatlarini ifoda etish, davlat bilan ular o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajarishga qaratilgan hamda aholi bilan ochiq muloqot olib borishning yangi samarali vositalarini joriy etish maqsadida Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2020 yil 12 dekabrdagi qaroriga asosan viloyat Xalq deputatlari Kengashi huzurida ijtimoiy sheriklik komissiyasi tashkil etilgan.  

Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2023 yil 20 maydagi  qarori 1-ilovasiga asosan komissiya tarkibiga o‘zgartirish kiritilgan.   Komissiya tarkibida 7 nafar Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari,   6 nafar davlat organlari vakillari hamda 6 nafar jamoat tashkilotlari vakillari kiritilgan.  

Yil davomida 10 dan ortiq komissiya yig‘ilishlari o‘tkazilib, komissiya a’zolari ishtirok etishgan.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 martdagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2022 yil uchun viloyat jamoat fondiga 1050 million so‘m mablag‘lar ajratilgan. Ushbu mablag‘lar Ijtimoiy sheriklik komissiyasi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining davlat grantlari va ijtimoiy buyurtma shaklidagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun tasdiqlangan.  

2022 yil davomida Davlat granti ajratish uchun 3 ta tanlovlar e’lon qilingan.  “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturi ijrosini taminlashda ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish”  mavzusida  davlat granti ajratish uchun birinchi ochiq tanlovlar, “Mahallalarda  aholi bilan olib boriladigan ishlarda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish” mavzuida 2-tanlov  hamda “Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish”  mavzularida  Davlat granti ajratish uchun 3-tanlovlar e’lon qilingan.  

Ushbu tanlovlarda 60 dan ortiq loyihalar taqdim etilgan. Komissiyaning tegishli qarori asosida 20 ta nodavlat notijorat tashkilotlariga 1050 million so‘m mablag‘lar grant uchun moliyalashtirilgan. Kelgusi moliya yili uchun davlat tashkilotlaridan ijtimoiy buyurtmanomalar qabul qilingan. Ijtimoiy sheriklik komissiyasining 2022 yil 15 sentyabrdagi  7-sonli, 28 oktyabrdagi 8-sonli va 2023 yil 25 apreldagi  5-sonli qarorlariga asosan  buyurtmanomalar komissiya tomonidan muhokama etilib, Oliy Majlis huzuridagi Parlament komissiyasiga tasdiqlash uchun taqdim etilgan.  

Tahlillarga ko‘ra, viloyatda ijtimoiy buyurtmanomalar va davlat granti ajratish uchun mavzu va yo‘nalishlar ishlab chiqish jarayonida viloyatdagi barcha hududlarning muammolari to‘liq  o‘rganilmagan. Jamoatchilik Kengashi eshituvlarini o‘tkazish ishlari borasida sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan. Hisob ro‘yxatidagi nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari  oxiriga yetkazilmagan.  

Shundan so‘ng, komissiya tomonidan milliy madaniy markazlar, O‘zbekiston ngironlar, ko‘zi ojizlar, karlar jamiyatlari hamda O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasining hududiy bo‘linmalari hamda Savdo-sanoat palatasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi.

Prezidentimizning 2022 yil 29 apreldagi qarori asosida 2023 yil 1 yanvardan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari hisobidan O‘zbekiston nogironlar, ko‘zi ojizlar, karlar jamiyatlari hamda O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasining hududiy bo‘linmalariga davlat subsidiyasini ajratish tizimi joriy etildi. Ushbu qaror ijrosi ta’minlanib, mazkur tashkilotlarga ajratiladigan mablag‘lar tegishli tartibda viloyat moliya boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqildi. Shunga asosan 2023 yilda O‘zbekiston nogironlar jamiyati ish haqi xarajatlariga 650,4 million so‘m, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati ish haqi xarajatlariga 1319,7 million so‘m, O‘zbekiston karlar jamiyati ish haqi xarajatlariga 106,3 million so‘m hamda O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasining Buxoro viloyati bo‘linmalari ish haqi xarajatlariga 106,3 million so‘m jami 2228,6 million so‘m mablag‘ moliyalashtirildi. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining 2023 yil 22 fevraldagi 12-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlariga mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risida” gi qaroriga asosan Savdo-sanoat palatasi ish haqi xarajatlariga 4014,0 million so‘m va milliy madaniy markazlar uchun 487, 2 million so‘m mablag‘ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan viloyat jamoat fondiga yo‘naltirilgan. Bugungi kunda ushbu tashkilotlar bilan tegishli tartibda “Davlat subsidiyasini ajratish to‘g‘risida” gi shartnomalar izolandi. Bundan tashqari, mazkur tashkilotlarning 2023 yildagi chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqildi.  

Yig‘ilishda Ijtimoiy sheriklik komissiyasi tomonidan topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli bajarish hamda yo‘naltirilgan mablag‘larni maqsadli ishlatish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Ushbu tashkilotlar bilan birga kelgusidagi vazifalar belgilandi. Bayon etilgan fikr va mulohazalarni belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida Ijtimoiy sheriklik komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.  

Shuningdek, Respublika ishchi guruhi Buxoro viloyati “Karvon” madaniy merosni o‘rganish va turizmni rivojlantirish markazi, O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Buxoro viloyati bo‘limi nodavlat notijorat tashkilotlari faroliyati bilan yaqindan tanishishdi.  

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini (NNT) va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining qaroriga ko‘ra, Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi 360 nafar ko‘zi ojizlar uchun 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Zamonaviy uslubda quriladigan ishlab chiqarish sexi, 1 ta kutubxona, 1 ta madaniy markaz ishga tushiriladi. Respublika ishchi guruhi mazkur ob’ektlarning quriladigan joyini borib o‘rgandi.  

Ma’lumot uchun, ob’ektning qurilishi uchun Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan joriy yilning davlat ijtimoiy buyurtmasi shaklida 1 milliard 400 million so‘m mablag‘ tanlov asosida moliyalashtiriladi.  

Yig‘ilishda Parlament komissiyasi raisi, Qonunchilik palatasi deputati A.Shodmonov hamda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi direktori O.Xusanov qatnashdi.  

Zarif Komilov, O‘zA