Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamoat bekatlari yo‘lovchinikimi yoki tadbirkorlarniki? (+video)
20:16 / 2022-12-13

Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi bekatlarning tadbirkorlar tomonidan to‘liq o‘zlashtirib olingani, natijada sovuq ob-havo sharoitida yo‘lovchilar transport vositalarini bekat tashqarisida kutishga majbur bo‘layotganliklari mazmuni aks etgan murojaat tarqaldi.

O‘zA holatni o‘rganish uchun O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi xodimlari bilan birgalikda, murojaatda aytilgan manzilda bo‘ldi.  

Dekabr oyining ilk kunlaridayoq ona tabiat bizni uzoq kutilgan qorlari bilan siylashni boshladi. Ketma-ket qor yog‘ishi natijasida  yo‘llarda yaxmalaklar hosil bo‘lib, transport vositalarining bekatlarga o‘z vaqtida yetib kelishida noqulaylik tug‘dirdi. Yo‘lovchilar esa harorat keskin pasaygan ob-havo sharoitida bekatlarda uzoq turib qolishlariga to‘g‘ri keldi. Aksiga olib, bugun poytaxtdagi ayrim bekatlarning asosiy qismi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan to‘liq egallab olingan bo‘lib, yo‘lovchilarga emas, aslida tadbirkorlarga beminnat xizmat ko‘rsatib kelmoqda.  

Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat yuzasidan surishtiruv o‘tkazish maqsadida Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi “Madaniyat instituti” bekatiga kelganimizda ham ana shunday manzaraga guvoh bo‘ldik.  

Videoda batafsil

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/_v5uIFs6DVs" title="Jamoat bekatlari yo‘lovchinikimi yoki tadbirkorlarniki?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Mohichehra Eshmirzayeva, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA