Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamoalar o‘rtasida chempionlik Yaponiya polvonlariga nasib etdi
21:11 / 2022-10-13

Dzyudo

13 oktyabr kuni poytaxtimizda dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining so‘nggi – jamoalar o‘rtasidagi bahslari bo‘lib o‘tdi.

Chempionat dasturiga binoan 17 ta jamoa to‘rtta guruhga bo‘lingan holda saralash bosqichida kurash olib bordi.

“V” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki bellashuvni Avstraliya terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Murosasiz va shiddatli bahslarga boy kechgan uchrashuvda 4 nafar dzyudochimiz g‘olib, 3 nafari imkoniyatni boy berib, 4:3 ko‘rinishida keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Isroil vakillari bilan o‘tgan musobaqada esa hamyurtlarimizga omad kulib boqmadi. Terma jamoamiz a’zolari 2:4 hisobida Isroilga yo‘l bergan holda jahon chempionatining jamoalar o‘rtasidagi musobaqasini yakunladi.

Jamoalar o‘rtasidagi kurashlar natijasiga ko‘ra, 1-o‘rin Yaponiya, 2-o‘rin Fransiya hamda 3-o‘rinlar, o‘z navbatida, Xitoyni mag‘lub etgan Germaniya va O‘zbekiston sportchilarini chorak final ostonasida dog‘da qoldirgan Isroil terma jamoalariga nasib etdi.

T. RO‘ZIEV, O‘zA