Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamiyatning faol ayollari taqdirlandi
10:07 / 2023-02-24

Navoiy shahar prokuraturasi, viloyat xotin-qizlar tadbirkorlik markazi va “Chados –2009” korxonasi hamkorligida “Jamiyatning faol ayoli” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tanlov viloyatda yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi daromadlarini oshirish va shu orqali kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan imkoniyatlarni ko‘rsatib berish hamda o‘z faoliyatini boshlagan hunarmand xotin-qizlarni rag‘batlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.  

Tadbirda 11 nafar hunarmand xotin-qizlar belgilangan uchta shart asosida o‘z qobiliyat va iste’dodini namoyish etdi. Ular keraksiz va foydalanilmaydigan narsalardan mijozlar talab va istaklari asosida san’at asari yaratib, bozorda o‘z o‘rnini topish yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatib berdi.  

Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, 1-o‘rinni Gulnoza Oblayeva, 2-o‘rinni Munira Ergasheva, 3-o‘rinni Gulnoza Xolmurzayeva egalladi. Shuningdek, tanlovda “Eng yaxshi loyiha”, “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi innovatsion taklif” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘olib va faol ishtirokchilar aniqlandi.  

– Bugun yurtimizda barcha xotin-qizlarga, jumladan, imkoniyati cheklangan ayollarga ham munosib mehnat sharoiti yaratib berilmoqda, – deydi tanlov g‘olibi G.Oblayeva. – Har bir kishi mehnat qilar ekan, albatta, bu mehnat qadrsiz emas, uning o‘z bahosi bor. Bizdek imkoniyati cheklangan xotin-qizlarga yurtimizda bir qator imtiyoz va imkoniyatlar berilgan. Men ham bir yildan buyon Xotin-qizlar tadbirkorlik markazida o‘qib, shu joyning o‘zida milliy hunarmandchilik yo‘nalishiga ishga qabul qilindim. bugungi kunda o‘z ishim va daromadimga egaman.  

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

 

A.Bo‘riyev, O‘zA