French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamiyatdagi mavjud ijtimoiy muammolarni hal etish dolzarb vazifa
10:27 / 2025-07-02

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi tomonidan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ hamda “Navoiyuran” davlat korxonasiga jamoatchilik so‘rovi yuborildi.

So‘rovdan maqsad korxonalarning ishlab chiqarish, ekologik va sanitariya-gigiyenik talablarga muvofiqligi, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarining holati, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, atrof-muhit muhofazasi, xavfsizlik choralari yuzasidan foydalanuvchilar fikrini o‘rganish, mavjud imkoniyatlar va muammolarni aniqlash, bunda fuqarolarning huquqlari qanday ta’minlanayotganini baholashdir. 

Bugungi kunda yurtimizda korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyati samaradorligini oshirish, ularning ijtimoiy mas’uliyatini aniqlash va jamoatchilik bilan hamkorligini mustahkamlash uchun ta’sirchan jamoatchilik nazorati yo‘lga qo‘yilmoqda. Zero, qabul qilinayotgan qonunlarning so‘zsiz bajarilishi, islohotlarning samarali amalga oshirilishi aynan jamoatchilik nazoratiga bevosita bog‘liq.

Korxona, tashkilot va muassasalar jamoatchilik bilan aloqalarini mustahkamlash orqali o‘z faoliyatini transparentlik va ochiqlik asosida olib borishi lozim. Jamoatchilik nazorati esa faoliyatni kuzatish, baholash va ogohlantirish funksiyasini amalga oshiradi, mas’uliyatni oshirish va faoliyatni samarali tashkil qilish uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, kelgusida ushbu korxonalarda jamoatchilik eshituvi o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan “Navoiyazot” AJga ham shu mazmunda murojaat qilingan edi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri