English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamiyat taraqqiyoti oilalarning mustahkamligi bilan belgilanadi (+video)
16:55 / 2025-06-23

Oila – jamiyat tayanchi. Mehr-oqibat, bobomeros qadriyatlar, an’analar bardavomlik kasb etadigan, ona-Vatanga sadoqatli, har jihatdan salohiyatli insonlar tarbiyalanadigan muqaddas oshyon. Uning mustahkam bo‘lishi umuminsoniy qadriyatlarning gullab-yashnashiga, sog‘lom qarashlarning odamlar orasida keng yoyilishiga xizmat qiladi. Bu, o‘z navbatida taraqqiyotni ta’minlaydi.

Mamlakatimizda oilalar mustahkamligini ta’minlash, yosh oilalarda ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari ishtirokida “Harbiy oilalar bilan ishlashning o‘ziga xos modullari, indikatorlari va sharqona motivlari” mavzusida o‘tkazilgan seminar-treningda mazkur masala atroflicha tahlil qilindi.

Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazida tashkil etilgan seminar-treningda oila qanchalik mustahkam bo‘lsa, jamiyat shunchalik qudratli bo‘lishi qayd etildi. Oilaviy munosabatlarda o‘zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila a’zolarining mas’uliyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Muloqotlar jarayonida oilalarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, harbiy xizmatchilar oilalari bilan ishlash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar, oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari va yosh harbiy xizmatchilarni oila qurishga tayyorlash, munosabatlar diagnostikasi, huquqiy munosabatlar va ularni tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqildi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LMaKcPvsq_c" title="HARBIY OILA PSIXALOGIYA SEMINAR" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

T.Ro‘ziyev,

X.Abrayqulova, A.Ahmedov (video), O‘zA