Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni ilm-fansiz yechish qiyin
16:02 / 2025-05-29

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Fan va texnologiyalar sohasidagi muammolar va ularning innovatsion yechimlari: qishloq xo‘jaligi va ekologiya sohalari misolida” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (AKIS ) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko‘tarish bugunning dolzarb masalasi. Qayd etish kerakki, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2025 yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida fundamental tadqiqotlarni zamon talablaridan kelib chiqib, yangi yo‘nalishlar bilan boyitish, iqtisodiyotning eng tez o‘sib borayotgan yo‘nalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish, “korxona – oliygoh – ilmiy tashkilot” klaster tizimini joriy etish, yosh tadqiqotchilar ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, barcha yo‘nalishlarda innovatsion faoliyatni keng joriy etish, ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va shu kabi boshqa muhim maqsadlarga erishish nazarda tutilgan.  

Xususan, qishloq xo‘jaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish maqsadida respublika hududlarida 2,5 million tonna quvvatga ega bo‘lgan 100 ta yangi agrologistika markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda ularning eksport salohiyatini 1 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Tadbir doirasida ilmiy-texnik axborot tizimini takomillashtirish, muammolarni aniqlash va ularning yechimlarini topish, mahalliy olimlarning xalqaro integratsion jarayonlardagi ishtirokini faollashtirish orqali korporativ innovatsion hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni ilm-fansiz yechish qiyin ekani ta’kidlandi.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA