Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamiyat mutasaddilariga jazo tayinlandi
18:09 / 2023-04-10

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasining Davlatobod tumani bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilayotgan kunlik tadbirlar davomida jinoyat natijasida yetkazilgan zararlarni undirish choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, navbatdagi amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlaridan so‘ng qariyib 2,3 milliard so‘m undirib berildi.

Aniqlanishicha, Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “Ko’ksaroy agro export” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi “Agrobank” foydasiga 2 milliard 278 million so‘m kredit qarzini undirish ko‘rsatib o‘tilgan. Undiruvni esa garovdagi qo‘shimcha qarzdor “Kichik Registon” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli, Davlatobod tumanining “Porloq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Registon” majmuasi bino-inshootlariga qaratish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Aynan ijro harakatlari jarayonida qiziq holat yuz berdi. Ya’ni, mazkur jamiyatdan “Hamkorbank” foydasiga 376 450 374 so‘m kredit qarzdorlikni undirish va undiruv yana yuqoridagi manzildagi bino-inshootga qaratilgan. Ushbu ikki hujjat sinchkovlik bilan o‘rganilganda, jamiyat rahbarlari garovga qo‘yilgan bino-inshoot bo‘yicha davlat notarial idorasi nomiga taqiqdan yechish uchun qalbaki hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Aniqlangan holat yuzasidan MIB tuman bo‘limi tomonidan qarzdor jamiyat mutasaddilariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan jazo muqarrarligi ta’minlandi. Amalga oshirilgan ijro harakatlari natijasida bino-inshootlar “E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasi orqali realizatsiya qilindi va jinoyat oqibatida yuqoridagi ikki tijorat bankiga nisbatan yetkazilgan zararlar to‘liq qoplandi.

Majburiy ijro byurosi Davlatobod tumani bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Qodirovning ma’lum qilishicha, joriy yilning o‘tgan davrida byuro tomonidan bajarilgan 250 ta ijro hujjati yuzasidan tijorat banklari foydasiga 10 milliard 300 million so‘m undiruvlar hal etildi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA