French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamiyat barqarorligini ta’minlashda yangi yondashuv
15:29 / 2025-06-30

FOTOREPORTAJ

Urganch shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Xorazm viloyat hokimligi hamkorligida “Jamiyat barqarorligini ta’minlashning yangicha yondashuvida hamkorlikdagi vazifalar” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

 Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari ‒ Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi  Zulayho  Mahkamova, Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov, ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar, tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi o‘rinbosarlari ‒ oila va xotin-qizlar boshqarmalari hamda tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbarlari ishtirok etdi.  

Tadbirda jamiyatning muhim bo‘g‘ini – oila institutini mustahkamlash, ayniqsa, ayollarning huquq-manfaatlarini ta’minlash, gender tengligi, oilaviy zo‘ravonliklarning oldini olish, opa-singillarimizga barcha sohada o‘z salohiyatini, imkoniyatlarini namoyon etishiga ko‘maklashish, bu borada davlat va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligi kabi dolzarb masalalarda ma’ruzalar tinglandi. Seminardan joylarda kuzatilayotgan ilg‘or tajribalar hamda yangi, hayotiy loyihalar bilan tanishuvlar ham o‘rin oldi.

[gallery-24099]

Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA