Xalqimiz tarixda "o‘zbek xalqi - bolajon xalq" degan tarif bilan nom qozongan. Zero, Ikkinchi Jahon urushi vaqtida o‘zbek xalqi 250 mingdan ziyod yetim bolani o‘z bag‘riga oladi. Bugungi kunga kelib bag‘rikenglik bilan millatiga qaramasdan bir burda nonni 16 bolaga bo‘lib bergan Shomahmudovlar oilasi haqiqiy qahramonga aylangani bejizmas.
Bugun o‘zimizdan, o‘zligimizdan biroz uzoqlashgan xalqqa aylanayotganimiz nishonasi o‘laroq imkonsizlikdan, mehrsizlikdan o‘z joniga qasd qilayotganlar haqidagi xabarlar ko‘payib borayotgani achinarli hol. Xorazm viloyatida ikki o‘smir qizning yuqori qavatli binodan bir-birlarini quchoqlagancha o‘z joniga qasd qilishgani haqidagi xabarni o‘qigan inson borki, yuraklari larzaga keldi. Bu voqeaning eng dahshati shundaki, o‘smir qizlar yuqori qavatli binoning tomida soatlab o‘tirishsada biror kimsa "hoy, bu yer xavfli qizim, o‘zingni ehtiyot qil..." demagan, hech bo‘lmasa davlat qutqaruv xizmatiga ham xabar bermasdan, aksincha qo‘l telefoniga suratga olishda davom etishgan.
"Shaxsiy mulohaza" loyihasining bu galgi sonida falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova bugungi loqaydligimiz, e’tiborsizligimiz oqibati - jinoyatga olib kelishi haqida o‘z shaxsiy mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/L9NS6sA3FZ8" title="Jamila Shermuhammedova: "Loqaydlik va e’tiborsizlik oqibati - jinoyat"" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA