French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jami 145 ta holatda 8 mln 600.000 donadan ko‘proq pirotexnik ashyolari ushlab qolindi ( +video)
09:52 / 2022-12-27

Pirotexnik buyumlarning noqonuniy muomalasi bilan shug‘ullanganlarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 20 baravarigacha, ya’ni 1 yarim milliondan 6 milliongacha jarima qo‘llaniladi.

Davlat bojxona qo‘mitasining kontrabandaga qarshi kurashish bosh boshqarmasi va uning hududlardagi tezkor tuzilmalari, shu bilan birgalikda, 50 dan ortiq chegara bojxona posti xodimlari tomonidan  pirotexnika buyumlarining republikamizga noqonuniy kirib kelishi hamda ichki hududlarda aylanishining oldini olish chora tadbirlari ko‘rildi. Natijada, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jami 145 ta holatda 8 million 600.000 donadan ko‘proq (qiymati 5,7 milliard so‘mlik) pirotexnik  buyumlari huquqbuzarlik ashyosi sifatida olib qo‘yilgan.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/SKPs9UyaO1c" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

 

M. Eshmizayeva, D Yoqubov (video) O‘zA