Jamg‘arma ehtiyojmandlarga ko‘maklashdi
Mamlakatimizda aholining ehtiyojmand qatlamini ijtimoiy himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buni joylarda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan ajratilayotgan moddiy yordamlar misolida ham ko‘rish mumkin.
Xalq Deputatlari Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar Kengashining tegishli qarori bilan Shahrisabz shahar “Mahalla” xayriya jamoat fondi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan hududdagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 25 nafar fuqaroga jarrohlik amaliyotlari o‘tkazish va davolanishi uchun, shuningdek og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan 5 nafar fuqaroga oilaviy sharoitini yaxshilash uchun jami 103 million 500 ming so‘m moddiy yordam xayriya tariqasida ajratildi.
O‘lmas Barotov,
O‘zA