FOTOREPORTAJ
Yangi yil bayrami arafasida Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida “Jalolobod” oilaviy shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tibbiyot xodimlari, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar ishtirok etdi. Unda so‘z olganlar mamlakatimizda keyingi yillarida aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalari uchun moslashtirilgan yangi binolar qurish, ularni ilg‘or va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligi, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va saviyasi tobora yuksalib borayotganligini ta’kidladi.
[gallery-10134]
“Jalolobod” oilaviy shifokorlik punkti 6 ming 550 aholiga xizmat ko‘rsatadi. 2012 yildan buyon muassasa vaqtincha 2-sonli kollej yotoqxonasida moslashtirilgan binoda faoliyat yuritib kelayotgan edi. Yangi binoni barpo etish uchun “Obod qishloq” dasturi doirasida 2,8 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Ikki qavatli tibbiyot maskani turli xastaliklarini erta aniqlash, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha qulaylik va sharoitlar, zarur tibbiy asbob-anjomlar, jihozlar bilan ta’minlandi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA