Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jalaquduqda mehnat yarmarkasi
12:17 / 2014-12-02

Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida o‘ttizga yaqin korxona, tashkilot va muassasa o‘zlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida o‘ttizga yaqin korxona, tashkilot va muassasa o‘zlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida aholini ijtimoiy muhofaza qilish, bandligini ta’minlash, ayniqsa, kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani, Jalaquduqda ham bu borada muayyan ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tumanda joriy yilning o‘tgan davrida uch ming to‘rt yuzdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilgan. Bunda joylarda tashkil etilgan o‘nga yaqin mehnat yarmarkalari muhim ahamiyat kasb etdi.

– Bugungi yarmarkada ham ko‘proq kichik korxonalarga ishga kirish uchun yo‘llanma berildi, – deydi tuman bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi rahbari Sadbarxon Mametova. – Ularning asosiy qismi kollej bitiruvchilari va xotin-qizlardir.