Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi Beshtol mahallasida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxona ish boshladi.
Viloyatda ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Birgina joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda ellikdan ziyod ana shunday korxonalar ishga tushirildi. Jalaquduq tumanida "Al-GʼAFUR" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilgan yangi trikotaj korxonasi ham ana shulardan biridir.

Yangi barpo etilgan korxonaga xorijiy davlatlardan zamonaviy tikuv mashinalari, uskuna va dastgohlar olib kelib o‘rnatildi. Korxonada ishlab chiqariladigan trikotaj mahsulotlar ichki bozor va eksportga yo‘naltiriladi.
Mazkur korxonaning ishga tushishi bilan 300 nafar jalaquduqlik xotin-qiz doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. Korxonada ularning samarali ish olib borishi uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan.

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA